16:37 / 29.03.2016
1353

Erdo‘g‘on Obama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on 31 martdan 1 aprelga qadar Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan atom xavfsizligi sammiti davomida AQSh rahbari Barak Obama bilan uchrashishi haqida ma'lum qildi.

U bu haqda AQShga ketish oldidan aytib o‘tgan, deb xabar beradi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa uchrashuvlar qatorida ushbu ikki tomonlama uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan shaxsiy uchrashuvdan bosh tortgani haqida ma'lum qilgan edi.

Top