21:52 / 29.03.2016
1491

Yeva Karneyro futbolni tark etdi

«Chelsi» jamoasining sobiq shifokori Yeva Karneyro futboldagi faoliyatini davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Goal.com nashrining xabariga ko‘ra, Karneyro endi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Gibraltardagi tibbiy klinikada ishlaydi.

Uning «Chelsi» va Joze Mourino bilan bog‘liq sud jarayoni esa davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning kuzida o‘sha vaqtda londonliklar jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan Mourino Karneyroni o‘z ishiga xalaqit qilishda ayblab, rahbariyatga bosim o‘tkazgan va shifokorning ishdan chetlatilishiga erishgandi.

Shundan so‘ng, Yeva Karneyro jamoa va murabbiyni o‘zini noqonuniy ravishda ishdan chetlatganlikda ayblab sudga bergan. U Mourinoning o‘zidan oshkora tarzda uzr so‘rashini talab qilgan.

Top