16:17 / 29.03.2016
1369

Ikki kun ichida belgiyalik ikkinchi velopoygachi vafot etdi

Roubaix-Lille Metropole jamoasi a'zosi bo‘lgan belgiyalik velopoygachi Dan Myungxer shifoxonada yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqida 29 mart seshanba kuni fransuz jamoasining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

"Afsus bilan shuni ma'lum qilamizki, jamoamizga shu yil qo‘shilgan velopoygachimiz dunyodan ko‘z yumdi. Myungxer shifoxonada ota-onasi va singlisi qurshovida jon berdi. Dan boshqalarga yordam berish maqsadida o‘z organlarini tuhfa etdi, bu uning istagi edi", — deyiladi xabarda.

Yurak xuruji 27 mart yakshanba kuni, poyga vaqtida sodir bo‘ldi. Sportchi Fransiyaning Ayachcho shahridagi shifoxonaga og‘ir ahvolda yetkazilgan.

28 mart dushanba kuni esa Fransiyaning boshqa Lillya shahridagi shifoxonada belgiyalik yana bir velopoygachi — 25 yoshli Antuan Demuati vafot etdi. U ham poyga vaqtida jabrlanib, mototsikl bilan to‘qnashib ketgan. Shu voqeadan so‘ng uning organlari uch kishining hayotini saqlab qolgan.

Top