11:50 / 29.03.2016
1347

Misr samolyotini garovga olgan shaxs o‘zini portlatish bilan tahdid qilgan

29 mart kuni Aleksandriya shahridan Qohiraga uchishni amalga oshirayotgan Egypt Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyotini garovga olgan shaxs samolyot ichida o‘zini portlatish bilan tahdid solgan.

"Ed-Balyad" portali xabariga ko‘ra, u ekipajlarga o‘z shartlarini bajarmasa portlash sodir etishini ma'lum qilgan.

Shuningdek, layner kapitani Qohiradagi dispetcherga samolyot garovga olingani va Kiprga yo‘l olgani haqida ma'lumot uzatishga ulgurgan.

Dastlabki xabarlarda aytilishicha, bortda jami 81 kishi bo‘lgan. Keyinroq, noma'lum shaxs samolyotdagi ayollar va bolalrni qo‘yib yuborgani aytilmoqda.

Top