17:53 / 29.03.2016
1360

OAV: Lahordagi xunrezliklardan so‘ng, 5 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan

Pokiston hukumati Lahor shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik aktidan so‘ng ekstremistlarga qarshi o‘tkazgan amaliyoti chog‘ida 5 mingdan ortiq gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Panjob viloyati ma'muriyati vakili shu haqda Reuters agentligiga ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 27 mart kuni Lahor ko‘ngilochar bog‘ining bolalar bo‘limida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan edi. Buning oqibatida 70dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, 300 nafardan ortiq odam turli darajada tan jarohati olgandi.

Qo‘poruvchilik harakati uchun javobgarlikni Pokiston toliblarining "Tahriqi tolibon” harakati qoshidagi "Jamaat ul-Ahror" ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top