10:41 / 29.03.2016
1664

OAV: Xitoyning Anbang konsorsiumi Starwood kompaniyasi aksiyalarini sotib olishga tayyor

Xitoyning Anbang Insurance sug‘urta guruhi boshchiligidagi konsorsiumi Amerikaning Starwood Hotels & Resorts Worldwide mehmonxonalar tarmog‘i aksiyalarini 14 milliard dollarga sotib olish taklifini bildirdi.

China Daily elektron nashrining xabar berishicha, bu 13,6 milliard dollarni tashkil etgan Marriott International mehmonxonasining taklifidan yuqori hisoblanadi.

Bugungi kunda kompaniyaning huquq va moliya masalahatchilari Anbang`ning taklifini o‘rganib chiqishmoqda, uning aksiya bahosi 82,75 dollarni, Marriott`niki esa 79,53 dollarni tashkil etadi. Agar bu borada kelishuvga erishilsa, u Xitoy kompaniyalarining Amerika bozoridagi eng yirik bitimi hisoblanadi. Anbang`dan tashqari konsorsiumga J.C. Flowers & Co i Primavera Capital kiradi.

Marriott kompaniyasi Starwood bilan 2015 yilning noyabridan muzokaralar olib borayotgan edi. 21 mart kuni kompaniyalarning birlashish haqidagi kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi. Bu ikki kompaniyaning birlashuvi natijasida dunyoda eng yirik mehmonxonalar tizimi paydo bo‘lar, u 100dan ortiq davlatlardagi 5,5 ming mehmonxonani o‘z ichiga olishi ehtimoli bor edi. Biroq Anbang`ning kontrtaklifi sababli bu kelishuv bekor qilinishi mumkin.

Starwood Hotels & Resorts Worldwide kompaniyasi o‘nlab mehmonxonalar brendiga ega: St. Regis, The Luxury Collection, W, Westin, Le Mridien, Sheraton, Tribute Portfolio, Four Points by Sheraton, Aloft, Element. Starwoodga 1,2 mingdan ortiq turli obektlar mansub bo‘lib, ularga mehmonxonlar va dam olish maskanlari kiradi, shularning yarmi Shimoliy Amerikada joylashgan. Kompaniyada taxmimnan 180 ming xodim faoliyat yuritadi.

Anbang Insurance Xitoyning eng yirik sug‘urta guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, uning aktivlarining umumiy qiymati 1,65 trillion yuanni (250 milliard dollar atrofida) tashkil etadi.

Top