16:11 / 29.03.2016
1581

O‘zbekiston-Bahrayn: 11-to‘qnashuv arafasida

JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 saralashi doirasida yana bir marta to‘qnash kelayotgan O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari shu vaqtgacha jami 10 marta o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan (bitta o‘yin natijasi bekor qilingan). Bu o‘yinlarda 3 marta O‘zbekiston, 2 marta Bahrayn g‘alaba qozongan. Qolgan 5 ta uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmay qolgan. To‘plar nisbati 14:8, ustunlik O‘zbekiston tomonida.

2001 yil. O‘zbekiston 2:0 Bahrayn
2004 yil. O‘zbekiston 2:2 Bahrayn, pen(3:4)
2005 yil. O‘zbekiston 1:1 Bahrayn
2005 yil. O‘zbekiston 0:0 Bahrayn
2009 yil. O‘zbekiston 0:1 Bahrayn
2009 yil. O‘zbekiston 0:1 Bahrayn
2010 yil. O‘zbekiston 4:2 Bahrayn
2010 yil. O‘zbekiston 1:1 Bahrayn
2014 yil. O‘zbekiston 0:0 Bahrayn
2015 yil. O‘zbekiston 4:0 Bahrayn

Bugun o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Aleksandr Geynrix ushbu to‘qnashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchidir. U Bahrayn darvozasiga 3 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi bahs 29 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Top