21:13 / 29.03.2016
1258

Putin: Rossiyaning 2015 yildagi harbiy mahsuloti eksporti 14,5 mlrd dollarni tashkil qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2015 yildagi harbiy mahsuloti eksporti 14,5 mlrd dollarni tashkil qilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Putinning aytishicha, bu qiymat rejalashtirilgandan ko‘proqni tashkil qilgan.

"Rossiyaning harbiy maqsaddagi mahsuloti eksporti 2015 yilda biz rejalashtirgandan ko‘proq bo‘ldi va 14,5 mlrd dollarni tashkil qildi", deb aytdi Putin xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha prezident komissiyasi yig‘ilishida.

Putin Rossiya jahon bozoriga harbiy texnika va qurol-aslaha yetkazib berayotgan yetakchi davlatlar orasida AQShdan keyin 2-o‘rinda qolayotganini qo‘shimcha qildi.

Top