14:36 / 29.03.2016
1809

Qaysi kasallikka chalingan bolalar xayriya fondi tomonidan davolanish uchun xorijga jo‘natiladi?

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Germaniyaning Friedensdorf Internatsional xalqaro tashkiloti va O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2002 yil 3 iyuldagi hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar bermoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi bo‘lim boshlig‘i Jumabek Nurovning ta'kidlashicha, Germaniyaga jarrohlik uchun jo‘natilayotgan bemor bolalar 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lishi kerak. Quyidagi kasalliklar bilan bemor bolalar tibbiy ko‘rikka taklif etiladi.

- Tayanch-harakat tizimining tug‘ma kasalliklari va jarohatlar natijasidagi asoratlari;

- Siydik yo‘li va ovqat hazm qilish tizimining tug‘ma nuqsonlari bilan operatsiyaga muhtojlarning ayrim turlari;

- Kuyishning asoratlari oqibatida jismoniy harakatlanish va funksiya buzilishiga olib keluvchi chandiqli kontrakturalar va ularning asoratlari bo‘lgan bolalar tanlab olinadi.

Top