17:11 / 29.03.2016
4237

Qirg‘iziston iqtisodiyoti reytingi past deb baholandi

Standard & Poor's (S&P) xalqaro reyting agentligi Qirg‘iziston iqtisodiyoti Rossiyaga qaramlikning yuqoriligini ko‘rsatgan holda, bu mamlakat reytingini B/B darajasida ekanini tasdiqladi. Bu haqda “Finmarket” xabar beradi.

Agentlik ekspertlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston byudjyeti tanqisligi 2016-2017 yillarda 4,5 foiz YaIMgacha o‘sishi mumkin, davlat qarzi esa yaqin yillarda YaIMning 70 foiziga yetish ehtimoli mavjud.

Mamlakat tashqi savdosining uchdan biri Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Xorijdan o‘tkaziladigan pullarning aksariyati ham Rossiyadan kirib keladi.

"Qirg‘iziston umumiy davlat qarzi bir yilda 1,3 foizga oshib, 2016 yil avvali holati bo‘yicha 3,695 milliard dollarni miqdorida bo‘lgan", deb ma'lum qilgan edi Qirg‘iziston moliya vaziri Odilbek Qosimaliyev.

Top