20:28 / 29.03.2016
4393

Respublika ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan 19 mingdan ortiq obekt qo‘riqlanmoqda

Hozirgi paytda O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalarida 177ta texnik qo‘riqlash punkti mavjud bo‘lib, ular tomonidan 19 mingdan ortiq obekt qo‘riqlanmoqda. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar jadal davom ettirilib, avtomatlashtirilgan markaziy kuzatuv va xabar uzatish texnik qo‘riqlash punktlarini yaratish bo‘yicha “Professional Security Systems” MChJ tomonidan loyiha va smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Toshkentdagi 51ta elektron ATSda “Qo‘riqlash” birlashmasi hamda Toshkent shahar IIBB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda loyihani joriy qilish bo‘yicha qurilish-montaj ishlab olib borildi. Hozirga qadar 37 ta elektron ATSda montaj ishlari yakuniga yetkazildi.

“Qizilqum connect” MChJ tomonidan Farg‘ona viloyatida 23ta elektron ATS va 10ta texnik qo‘riqlash punkti, Andijon viloyatida 17ta elektron ATS va 12ta texnik qo‘riqlash punkti hamda Namangan viloyatida 19ta elektron ATS va 11ta texnik qo‘riqlash punktining loyiha, smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Ma'lumot uchun: 2015 yili ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari “Motorola” rusumidagi raqamli radioaloqa vositalari bilan ta'minlangan edi.

Top