00:19 / 29.03.2016
3065

Toshkent viloyatida mingdan ziyodroq daraxt ko‘chatlari ekildi

27 martdan boshlab Ugam-Chotqol davlat milliy bog‘i boshqarmasi negizidagi Brichmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonasida ekologik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida eman, kashtan va yapon soforasining 1000 dan ko‘proq ko‘chatlari ekildi.

Ushbu tadbir tashkilotchilari Toshkent davlat agrar universiteti ishtirokida Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, "Ekosan" xayriya jamg‘armasi va "Ekomaktab" NNT bo‘ldi. Tadbir 2012 yil 21 dekabrda BMT Xavfsizlik kengashi Bosh assambleyasi tomonidan tasdiqlagan Xalqaro o‘rmon kuniga (21 mart) bag‘ishlandi.

Tadbirdan maqsad Brichmulla o‘rmon xo‘jaligi ishchilariga daraxtlar o‘tkazish va o‘rmonni muhofaza qilish tadbirlarida amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Daraxtlarni ekishda agrar universitetining 50 dan ko‘proq talabasi, ma'sul tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, brend kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Ko‘chatlar Yuqorichirchiq tumaning yangi qurilgan dahalari hududi, Toshkent – Chorvoq yo‘li bo‘ylab ekildi.

Ma'lum qilinishicha, ekin uchun bu daraxt turlari bejiz tanlanmagan. Yapon soforasi va kashtan mevalari shifobaxsh xususiyatlariga ega. Kashtan daraxtining bitta katta yoshdagisi 20 ming kub metr hajmdagi hududni chiqindi gazlardan tozalay oladi. Eman esa o‘zining fitonsid (bakteriyalarga qarshi) xususiyatlari bilan ma'lum.

Top