20:41 / 29.03.2016
1496

Toshkentda uy egasining qariyb 15 mln so‘mlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan ijarachi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida uyi bo‘la turib boshqa tumandagi xonadonlardan birida ijaraga xonadon olgan 30 yoshli Hotamjonning ijarachi bilan gapi juda qovushdi. Ijara pulini uzoq savdolashmay tutqazib, nima desa xo‘p dedi. Bu haqda “Ogoh” nashri xabar bergan.

Ammo uy egasi ko‘p o‘tmay uni o‘g‘ri ekanidan, uyidagi buyumlarini o‘g‘irlanganidan xabar topganida esankirab qoldi.

Ijarachi o‘zi yashab kelayotgan uydan 1500000 so‘mlik “Samsung “ televizori, 400000 so‘mlik “Samsung” changyutgichi, 200000 so‘mlik bolgarka, 1000000 so‘mlik “Chayka” tikuv mashinasi, 2000000 so‘mlik noutbuk, 2200000 “Panasonik” videokamerasi, 5500000 so‘mlik gilamlar, 2000000 so‘mlik kiyim-kechaklarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan ekan.

Navbatdagi rejasi o‘zi o‘ylaganidan ham ortiq natija berganidan, qutulib qolganidan sevinib turgan Hotamjonning kirdikorlari oradan ko‘p o‘tmay ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan fosh etildi.

Top