14:04 / 29.03.2016
1480

Toyota ixcham proyektsion displeyga patent oldi

Toyota kompaniyasi, avtomobil harakati va haydovchi nigohiga qarab, tasvirlarini moslashtiruvchi displey ishlab chiqdi. Ammo, bunday texnikalar ommaviy tarzda ishlab chiqarilishi xususida ma'lumotlar yo‘q.

Displey ishlash vaqtida, maxsus dastur avtomobil tezligi va rulning qayrilish burchagini tahlil qilsa, ikkita videokamera yo‘l chiziqlari va haydovchi nigohini kuzatadi. Olingan ma'lumotlar asosida elektron tizim orqali qayta ishlangan axborot ekranda anglash uchun o‘ta qulay aks etadi.

Masalan, katta tezlik chog‘ida tasvir kichrayib, ekranning biroz teparoq qismida paydo bo‘ladi, chunki bu paytda haydovchi odatdagidan uzoqroqqa qarayotgan bo‘ladi.

Bundan tashqari, tasvir avtomobilning eniga mos ravishda ham o‘zgaradi. Bu haydovchiga mashinasining yo‘ldagi o‘rnini aniq his qilishga imkon beradi.

Bundan avvalroq, Continental firmasi ham shunga o‘xshash yangilikni taqdim qilgandi. Jaguar Land Rover guruhi bu kabi tizimlar imkoniyatlaridan poyga yo‘laklarida foydalanish yaxshi samara beradi deb hisoblaydi. Bunda elektron tizim poygachiga eng qulay yo‘nalishni ko‘rsatib turadi.

Ikki yil avval esa, Toyota 3 hadli proyektsion displey namunasini ommaga oshkor qilgan edi. Uskuna, velosipedchilar, piyoda yoki chorrahaga kirib kelayotgan avtomobillarni qizil belgi bilan ko‘rsatib, haydovchini xavfdan ogohlantiradi.

Top