17:35 / 29.03.2016
1540

Turkiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi iyunda tugallanishi kutilmoqda

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) ikki oy davomida mamlakatning yangi konstitutsiyasi loyihasi ustidagi ishlarni butunlay tugallash niyatida.

Bu haqda ATP raisi va mamlakat bosh vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li parlamentda chiqishi chog‘ida ma'lum qildi.

“Biz ikki oy davomida yangi konstitutsiya matnini yozib tugallash niyatidamiz. Keyin manfaatdor idoralar bilan muhokama qilamiz va kechi bilan iyun oyida loyihani parlamentga topshiramiz, deb umid qilamiz. Demokratik, fuqarolik va erkin yangi konstitutsiyasini deputatlarimiz qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchim komil”, — bildirdi u.

Yangi konstitutsiyani tayyorlash ATP va uning parlamentdagi joriy fraksiyasi tarkibining asosiy vazifa yo‘nalishi hisoblanadi.

Yangi asosiy qonun ustida olib borilayotgan ishlar asosiy Jumhuriyat-xalq partiyasi demarshi (namoyishkorona diplomatik harakati) tufayli to‘xtatilgan edi. Ushbu partiya boshqaruv shaklining o‘zgarishi masalasini muhokama qilishdan keskin bosh tortgan.

Shu munosabat bilan konstitutsiyani tayyorlash bo‘yicha parlament komissiyasi tashkil etilgan.

O‘shanda ATP ishlarni o‘zi mustaqil davom ettirishini ma'lum qilgan. Uning konstitutsiya loyihasi hukumat boshqaruvi shakli o‘zgarishi borasida moddalar kiritilishini nazarda tutadi.

Top