11:42 / 29.03.2016
1377

Vashingtonda Poroshenkoning ma'ruzalariga kirishni cheklashdi

Kapitoliyda sodir etilgan otishmadan so‘ng xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning chiqishlariga kirish chegaralab qo‘yildi. Bu haqda Vashingtonda Ukraina forumi tashkilotchilari bergan ma'lumotlarga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

“Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligiga doir xavotirlar tufayli biz Kapitoliy tepaligida avval reja qilganimiz darajasida ko‘p odamlarni qabul qila olmaymiz.

Nutqni tinglash uchun faqat chipta egalari kiritiladi. Sizlarni chorshanba oqshomida prezident Poroshenkoni tinglash va ko‘rish imkoniyati yo‘qligi haqida afsus bilan xabardor qilamiz”, - ma'lum qildi forum tashkilotchisi Jon Kun.

Top