14:17 / 29.03.2016
1399

Zlatan Ibrahimovich: «Balki yozda futbolchilik faoliyatimni yakunlarman»

«PSJ» jamoasining shvetsiyalik tajribali hujumchisi, mavsum oxirida parijliklar bilan shartnomasi muddati yakunlanib, erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Zlatan Ibrahimovich bu mavsum uning uchun oxirgisi bo‘lib qolishi mumkinligini istisno etmadi.

«Har narsa bo‘lishi mumkin, hatto xayolga keltirilmagani ham. Balki, futbolchilik faoliyatimni yakunlarman ham.

Hech kim buni tasavvur qila olmayapti, lekin men o‘z faoliyatimni cho‘qqida turganimda yakunlashni istab qolishim mumkin», — deydi 34 yoshli shved.

Bundan oldinroq, Ibrahimovich o‘z xizmatlariga Angliyadagi bir qator jamoalardan qiziqishlar bo‘layotgani haqida aytib o‘tgandi.

Ibrahimovich 2012 yilda «Milan»dan Fransiya jamoasiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u parijliklar jamoasi safida turli turnirlarda 40ta o‘yin o‘tkazdi va 35ta gol urib, 16ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi.

Top