17:32 / 30.03.2016
2072

Amerikalik ayol o‘ziga o‘zi turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi

Amerikalik Byutiful Ekzistens Parijda o‘ziga o‘zi turmushga chiqqanini so‘zlab berdi. Nikoh marosimi 2015 yilning iyunida bo‘lib o‘tgan, ammo ommaviy axborot vositalari bu to‘g‘risida endigina yozishmoqda. Jumladan, Ekzistens haqidagi maqola The Sun nashrida chop etilgan.

Dastlab sietllik bu ayolning ismi Dezire Longabo bo‘lgan. U ismini Byutiful Ekzistensga o‘zgartirgan. Bu ingliz tilidan "Go‘zal mavjudot" deb tarjima qilinadi.

Fransiya poytaxtidagi to‘y marosimiga ayol 4,2 ming yevrodan 5 ming yevrogacha mablag‘ sarflagan. Bundan tashqari, u to‘yga qo‘shib tavallud ayyomini ham nishonlagan.

Nikoh skayp orqali amerikalik mutaxassis yordamida rasmiy qayd etildi.

Nikoh tuyining bir yilligini nishonlash arafasida turgan Ekzistens boshqalarni ham shunday yo‘l tutishga undamoqda.

"Mening fikrimcha, har bir inson boshqasiga turmushga chiqishdan avval o‘zi bilan nikohdan o‘tishi lozim", - deydi u.

Uning aytishicha, o‘zi bilan qurilgan nikoh uni turmush o‘rtoq qidirish yukidan xalos etgan.

Ekzistens avval turmush qurgan bo‘lib, u oilasidan ikki o‘g‘li bor.

Top