18:28 / 30.03.2016
1380

Bryussel metrosi poyezdining elektron tablosida “Bum” so‘zi paydo bo‘ldi

30 mart tongda Bryussel metrosi poyezdlaridan birining elektron tablosida “Bum” (Boom) so‘zi paydo bo‘ldi. Bu haqda RTL tereradiokompaniyasi xabar qilmoqda.

STIB transport kompaniyasining ta'kidlashicha, bu hech qanday kiberhujum va qo‘pol hazil emas, shunchaki, texnik nosozlikdir. “Yo‘q, bu kompyuter xatosi. Bundan tashqari, yaxshilab e'tibor berib qaralsa, harflarning noodatiy joylashganini ko‘rish mumkin. Ularning joylashuvi “Bum” so‘zini keltirib chiqargan, ammo bu tasodif”, — dedi STIB vakili An Van.

Uning alohida ta'kidlashicha, yozuvlar faqatgina bitta vagonda paydo bo‘lgan va darhol olib tashlangan.

Top