10:11 / 30.03.2016
1564

JCh-2018 saralash, KONMeBOL. Argentina g‘alaba qozondi, Braziliya Paragvay bilan durang o‘ynadi

29 mart oqshomida Janubiy Amerika qit'asida JCh-2018 saralash bosqichining 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Boliviyani 2:0 hisobida mag‘lub edi. Mezbonlarning ikkinchi golini Lionel Messi penaltidan urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning milliy terma jamoadagi elliginchi goli bo‘ldi.

Argentina terma jamoasi 6 turdan keyin 11 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Braziliya esa Paragvay mehmoni bo‘lib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Mezbonlar 2:0 hisobida oldinga o‘tib olishganidan keyin himoyaga o‘tib olishdi. Natijada o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida ikkita gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. Braziliyaning ikkinchi golini qo‘shimcha vaqtda "Barselona" himoyachisi Alves urishga muvaffaq bo‘ldi.

Braziliya hisobidagi ochkolar bu durangdan keyin 9taga yetdi va jamoa oltinchi o‘rinda qolmoqda.

Musobaqa peshqadami Ekvador safarda Kolumbiyaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Urugvay Peruni minimal hisobda mag‘lub etdi. Natijada 13 ochkoga ega bo‘lib turgan Ekvador va Urugvay qo‘shhokimlikni yuzaga keltirishdi.

Chili terma jamoasi safarda Venesuelani yirik hisobda mag‘lub etdi 4:1. Chili ayni vaqtda 10 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

KONMeBOLda ikkinchi davra 2015 yilning oktabrida boshlangandi va 2017 yil oktabrida yakunlanadi. JChga 1-4 o‘rinni egallagan terma jamoalar yo‘l olishadi, beshinchi vakil esa Okeaniya futbol konfederatsiyasida o‘tkazilayotgan saralashda g‘olib chiqqan jamoa bilan o‘tish o‘yinlarida bahslashadi.

JCh-2018 turniri Rossiyaning 11 shahrida joylashgan 12ta stadionda, 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi.

Top