22:17 / 30.03.2016
1952

Lamborghini Veneno ikkinchi marta sotuvga qo‘yildi

Mobile e'lonlar xizmatida bor-yo‘g‘i uch nusxada chiqarilgan Lamborghini Veneno kupesi ikkinchi bor sotuvga qo‘yilgani xabar qilindi.

Mart oyining boshida “2” seriya raqami ostidagi yana bir Veneno avtomobili deyarli o‘n million yevro miqdorida sotuvga qo‘yilgandi.

Superkar sotuvga egasi emas, balki nemis kompaniyasi Investment Cars tomonidan qo‘yilgan. Bu avtomobil “1” seriya raqamiga ega bo‘lib, undan bor-yo‘g‘i 100 km masofagacha foydalanilgan.

2013 yil model ilk bor Jyenevada namoyish etilganida, uning narxi 3,1 million yevroni tashkil etgan.

Kupe 750 kuchli o‘n ikki silindrli 6.5 dvigatel va robotlashtirilgan transmissiya bilan jihozlangan. Birinchi “yuzlik”da 2.8 sekundni yig‘a oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 355 kilometrni tashkil qiladi.

Top