12:48 / 30.03.2016
2291

Olimlar vegetarianlikning genetik xavfi haqida ma'lum qilishdi

AQShning Kornel universiteti molekulyar biologlari vegetarianlik parhezining salbiy asoratlari haqida ma'lum qilishdi. Olimlar unga amal qiluvchilarda yo‘g‘on ichak raki va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi ehtimolining yuqoriligiga dalil topishdi. Tadqiqot Molecular Biology and Evolution (Molekulyar biologiya va Evolyutsiya) jurnalida chop etildi.

Vegetarian parhez tarafdorlarida yallig‘lanish jarayoni ovqat hazm qilishning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkinligi ta'kidlangan. Biologlar turli mamlakatlardagi vegetarianlar va go‘sht iste'mol qiluvchilarning genomini o‘rganib shunday xulosaga kelishdi.

1000 Genomes Project ma'lumotlaridan foydalanib, olimlar vegetarianlar vakillarining FADS2 genida rs66698963 mutatsiyasini topishgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘g‘on ichak raki va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi.

rs66698963 mutatsiyasi ayniqsa baliqqa boy dengiz parhezi tarafdorlari uchun xavflidir. Olimlar bu boradagi izlanishlarini davom ettirishmoqda.

Top