09:51 / 30.03.2016
1695

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Germaniya Italiyani, Portugaliya Belgiyani yengdi va boshqa natijalar

29 mart oqshomida Yevropadagi terma jamoalar FIFA kunlaridan foydalanib, o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Angliya o‘z maydonida Niderlandiyadan, Rossiya safarda Fransiyadan yengilgan bo‘lsa, amaldagi jahon chempionlari Germaniya 2012 yilgi Yevropa chempionati finalchisi Italiyani yirik hisobda tor-mor qildi. “Nemis mashinasi” o‘z maydonida Italiya termasi darvozasiga 4ta gol urdi. O‘yin 4:0 hisobida yakunlanayotgan vaqtda Sha'raviy bitta javob goliga mualliflik qildi.

Germaniya – Italiya 4:1
Gollar: 24 Kroos, 45 Gettse, 59 Xektor, 75, penalti O‘zil, – 83 El-Sha'raviy.
Germaniya: ter Stegen, Xummels, Xektor, Ryudiger, Mustafi, Ozil, Draksler, Rudy, Gettse (Roys, 61), Kroos, Myuller (Jan, 69).
Italiya: Buffon, Darmian, Bonuchchi (Ranokkiya, 62), Acherbi, Florentsi (de Silvestri, 61), Motta (Parolo, 68), Jakkerini (El-Sha'raviy, 68), Bernardeski, Montolivo, Insine (Okaka Chuka, 68), Dzadza (Antonelli, 78).

29 mart kuniga belgilangan yana bir qiziqarli uchrashuvlardan biri Leyriyada bo‘lib o‘tdi. Unda Portugaliya termasi Belgiya terma jamoasini qabul qildi va g‘alaba qozondi. Nani va Ronalduning gollariga Lukaku bir marta javob berdi.

Portugaliya – Belgiya 2:1
Gollar: 1:0 – 20 Nani, 2:0 – 40 Ronaldu, 2:1 – 62 Lukaku.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Gerreyru, Pepe, Fonte, Soaresh, Danilu Pereyra (Danni, 87), Adriyen Silva (Sanshesh, 46), Joau Mariu (Bernardu Silva, 46), Andre Gomesh (Vilyam Karvalyu, 75), Nani (Eder, 61), Ronaldu (Kuarejma, 60).
Belgiya – Kurtua, Vermalen, Lomberts, Denayyer (Boyata, 86), Jiye (Lukaku, 59), Shadli, Vittsel, Nainggolan, Fellayni (Dembele, 79), Mertens (Batshuayi, 67), Lukaku.

Serbiya safarda Estoniyani kichik hisobda taslim etdi. Kolarov tomonidan ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida kiritilgan gol yakunda serblarga g‘alaba keltirdi.

Estoniya – Serbiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 81 Kolarov.
Estoniya – Aksalu, Baranov, Mets, Kallaste (Puri, 46), Teniste (Kams, 60), Vasilev, Antonov (Sappinen, 86), Pikk, Yaager, Zenev (Gusev, 82), Aner.
Serbiya – Stoykovich, Maksimovich (Spaich, 46), Ivanovich, Kolarov, Raykovich, Toshich (Suleymani, 87), Milivoyevich (Maksimovich, 82), Lyayich, Matich (Brashanats, 64), Kostich (Djurichich, 75), Mitrovich (Stoilkovich, 90).
Ogohlantirishlar: Brashanats (71).

Bosniya mehmonda Shveytsariya darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritdi. Dastlab, o‘yinning 14-daqiqasida Jyeko hisobi ochgan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib Pyanich raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

Shveytsariya – Bosniya va Gertsegovina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 14 Jyeko, 0:2 – 57 Pyanich.
Shveytsariya – Zommer, Rodriges (Mubandjye, 66), Senderos, Sher (Kloze, 46), Lixtshtayner (Lang, 65), Djaka, Fernandes (Embolo, 46), Kasami (Tarashay, 72), Shteffen, Seferovich, Mexmedi (Dzuffi, 46).
Bosniya va Gertsegovina – Begovich (Burich, 62), Vranesh, Zukanovich (Graovats, 86), Spaxich (Tsotsalich, 79), Kolashinats, Vishcha (Sushich, 50), Beshich, Pyanich (Dulevich, 73), Lulich, Ibishevich (Xadjich, 66), Jyeko.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (33), Sher (38), Vishcha (41).

Shuningdek, Bolgariya safarda Makedoniyani, Islandiya Gretsiyani, Turkiya Avstriyani, Albaniya Lyuksemburgni, Latviya Gibraltarni yenggan. Shotlandiya o‘z maydonida Daniyani, Norvegiya Finlyandiyani mag‘lub etgan. Shvetsiya – Chexiya, Irlandiya – Slovakiya, Gruziya – Qozog‘iston, Chernogoriya – Belarus uchrashuvlarida durang natijalar qayd etilgan.

Makedoniya – Bolgariya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 66 Rangelov, 0:2 – 88 Tonev.
Makedoniya – Dimitriyevski, Shikov, Ristevski (Tsikarski, 74), Ristovski (Silyanovski, 73), Gligorov, Juta, Stepanovich (Alimi, 60), Trichkovski, Ibraimi (Nestorovski, 76), Pandev, Yaxovich (Kostovski, 60).
Bolgariya – Mitrev, Bojikov, Bodurov, Terziyev, Popov, Aleksandrov, Chochev, Dyakov, Popov (Ivanov, 90), Marselino (Delev, 75), Rangelov (Tonev, 85).
Ogohlantirishlar: Trichkovski (45), Ristovski (68), Marselino (69), Dyakov (80), Nestorovski (80).

Gretsiya – Islandiya 2:3 (2:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 19, penalti Fortunis, 2:0 – 31 Fortunis, 2:1 – 34 Traustason, 2:2 – 70 Ingason, 2:3 – 82 Sigtorsson.
Gretsiya – Kapino, Torosidis (Petsos, 77), Moras, Ikonomu, Xolebas, Karelis (Diamantakos, 46), Tsiolis, Siovas (Tsavelas, 81), Fortunis (Taxtsidis, 77), Stafilidis, Papazoglu (Vellios, 46).
Islandiya – Kristinsson (Xaldersson, 46), Ingason, Xermannsson, Sevarsson, Traustason (Byarnason, 46), Gunnarsson (Byarnason, 46), Xallfredsson (Sigurdsson, 46), Skulason, Gudmundsson, Kyartansson (Sigtorsson, 61), Bedvarsson (Finnbogason, 82).
Ogohlantirishlar: Xallfredsson (18), Byarnason (56), Stafilidis (77).

Avstriya – Turkiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 22 Yunuzovich, 1:1 – 43 Chalhano‘g‘li, 1:2 – 56 Turan.
Avstriya – O‘zjan, Klyayn (Garich, 78), Alaba (Shopf, 78), Fuks, Xinteregger, Burgshtaller (Yancher, 66), Ilzanker, Arnautovich, Yunuzovich (Xinterzeyer, 73), Dragovich (Predl, 59), Okoti (Yanko, 66).
Turkiya – Babajan, Erkin (Keybashi, 69), Genyul (O‘zbayraqli, 46), Chaliq, To‘fon, Topal, Inan, O‘zyakub (Shen, 46; O‘ztekin, 80), Chalhano‘g‘li (Malli, 73), Turan, Tosun (Shahin, 86).
Ogohlantirishlar: Chalxanoglu (45), Dragovich (52), Malli (77), Ilzanker (86).

Norvegiya – Finlyandiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 57 Berget, 2:0 – 84 Yuxansen.
Norvegiya – Nyuland (Xansen, 46), Aleesami, Strannberg, Xovland, Elabdellaui, Edegor (Yyenssen, 46), Nordtveyt (Yuxansen, 61), Shelbred (Selnes, 79), Berisha, Gulbrandsen (Toft-Soderlund, 46), Diomande (Berget, 46).
Finlyandiya – Myayenpyaya (Yoronen, 46), Yalasto (Uronen, 80), Arayuuri, Arkivuo (Raytala, 39), Moren (Vyayuryunen, 86), Lod (Shyuller, 46), Xetemay, Sparv, Yeremenko, Toyvio, Pukki (Xyamyalyaynen, 63).
Ogohlantirishlar: Yeremenko (72), Xetemay (90).

Shotlandiya – Daniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 8 Ritchi.
Shotlandiya – Gordon, Tirni (Malgryu, 46), Xenli, Grir, Uittaker, Ritchi (Berk, 82), Makginn, Braun, Melouni (Bridkatt, 69), Fletcher (Anya, 46), Griffits (Martin, 60).
Daniya – Shmeyxel (Lessl, 46), Durmisi, Dalsgor, Agger (Svyatchenko, 64), Ker, Xeyberg, Eriksen (Shene, 81), Dileyni, Yorgensen, Kristensen, Poulsen (Breytueyt, 46).
Ogohlantirishlar: Makginn (68), Bridkatt (79), Grir (87).

Irlandiya – Slovakiya 2:2 (2:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 14 Stox, 1:1 – 22, penalti Long, 2:1 – 24, penalti Makkleyn, 2:2 – 45, avtogol Maksheyn.
Irlandiya – Elliot (Rendolf, 16), Maksheyn, O′Shi (Pirs, 46), Kristi, Uord (Xeys, 79), Makkarti, O`Keyn (Pilkington, 67), Makkleyn, Uelan, Xulaxan (Makgidi, 73), Long (Breydi, 46).
Slovakiya – Kozachik, Pekarik, Shkrtel, Salata, Shvento (Tesak, 88), Gamshik, Sabo (Duda, 64), Stox (Mak, 64), Gregush (Groshovski, 74), Shestak (Vayss, 66), Vittek (Nemets, 66).
Ogohlantirishlar: Sabo (32), Pekarik (63), Makkleyn (66).

Shvetsiya – Chexiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Berg, 1:1 – 26 Vidra.
Shvetsiya – Isaksson, Olsson, Salomonsson (Lyustig, 81), Grankvist, Lindelef (Miloshevich, 65), Chelstrem (Xilemark, 46), Durmaz (Larsson, 46), Levitski (Vernblum, 63), Forsberg, Ibrohimovich, Berg (Gvidetti, 46).
Chexiya – Vatslik, Gebre Selassi, Suxi, Pudil, Sivok (Brabets, 60), Kreychi, Kolarj (Dochkal, 86), Marechek (Rada, 72), Darida (Fridek, 59), Vidra (Netsid, 72), Skalak (Shural, 60).

Lyuksemburg – Albaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 63 Sadiku, 0:2 – 75 Chikaleshi.

Gruziya – Qozog‘iston 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 36 Nurgaliyev, 1:1 – 38 Okriashvili.

Gibraltar – Latviya 0:5 (0:0, 0:0)

Chernogoriya – Belarus 0:0 (0:0, 0:0)

Top