21:12 / 30.03.2016
1395

«Valensiya» «MYu»ning sobiq futbolchisi Gari Nevillni bosh murabbiylikdan bo‘shatdi

«Valensiya» jamoasi bosh murabbyi Gari Nevill o‘z lavozimini tark etdi.

Ispaniya klubi saytida ingliz mutaxassisi bilan shartnoma bekor qilingani haqida ma'lum qilindi.

«MYu»dagi futbolchilik faoliyatidan keyin televideniyeda ishlay boshlagan Nevill «Valensiya»ga 2015 yilning dekabrida mavsum yakunigacha bosh murabbiy sifatida tayinlangandi.

Endilikda mavsum yakunigacha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida Pako Ayyestaran ishlaydi.

Nevill boshqaruvida jamoa Ispaniya chempionatida ketma-ket g‘alabasiz 10 o‘yindan iborat antirekord qayd etdi. Bundan tashqari, jamoa Ispaniya kubogi yarim finalida «Barselona»dan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

4 oy davomida «Valensiya» barcha turnirlarda 10ta g‘alaba, 7 durang va 11ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Top