12:17 / 31.03.2016
1438

Gari Nevill bosh murabbiy sifatida yangi ish izlamoqda

30 mart kuni «Valensiya» jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Gari Nevill sohani tark etmoqchi emas.

The Telegraph nashrida yozilishicha, 41 yoshli bu mutaxassis yangi ish izlamoqda, lekin u bu safar tanlovni diqqat bilan amalga oshirmoqchi.

Qayd etish kerakki, Nevill «Valensiya» boshqaruviga kelgach, qatorasiga 10ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, uning davrida «ko‘rshapalaklar» Ispaniya kubogi doirasidagi o‘yinda «Barselona» jamoasidan 0:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

4 oy davomida Nevill «Valensiya» bilan turli turnirlarda jami 28ta o‘yin o‘tkazdi va shundan 10ta o‘yinda g‘alaba, 7tasida durang va yana 11tasida mag‘lubiyat qayd etdi. 30 tur o‘yinlaridan keyin jamoa Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 13-o‘rinda qolmoqda.

2015 yilning dekabrida Ispaniya jamoasiga kelishidan oldin Nevill televideniyeda futbol eksperti sifatida ishlagan. Xabarlarga ko‘ra, endi u Angliya terma jamoasida Roy Xojsonga yordamchilik qilishi kutilmoqda.

Top