09:57 / 31.03.2016
1537

Kerri va Erdo‘g‘an IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qildi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Suriyadagi vaziyat haqida gaplashdi. AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbining ma'lumot berishicha, ikki siyosatchi tor doirada qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazgan.

Uning aytishicha, tomonlar Suriyadagi o‘tish davrida yutuqlarga erishish uchun harakatlarni davom ettirishga kelishib olgan.

"Ular shuningdek, koalitsiyaning IShIDni butunlay yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarida hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilishgan", deydi Kirbi.

Erdo‘g‘an ayni vaqtda AQSh poytaxtida bo‘lib o‘tadigan yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonda bo‘lib turibdi.

Top