15:37 / 31.03.2016
1371

Manba: Teraktlardan keyin Belgiya telefonlar uchun anonim sim-kartalarni sotishni taqiqlaydi

Belgiya hukumati telefonlar uchun anonim sim-kartalar sotishni taqiqlash arafasida. Bu haqida mamlakatning federal parlamenti manbasi TASS agentligiga ma'lum qildi.

"Pasxa ta'tillari nihoyasiga yetishi bilan (4 apreldan keyin) parlament mobil telefonlarni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshlaydi", - deb xabar qilinadi manbada.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun kuchga kirishi bilan har bir kishi sim-karta egasining milliy qayd etish raqami, ya'ni uning pasportidagi elektron raqami bilan maxsus reyestrdan o‘tkaziladi.

"Bu terrorchi tashkilotlarning yashirin aloqani amalga oshirish imkoniyatlarini chekalash uchun zarur ", - deb ta'kidladi agentlik xodimi.

Uning aytishicha, mazkur masala uch yildan ortiq vaqt davomida muhokamaga qo‘yilib kelinar edi, biroq u inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan qarshilikka uchrardi.

22 mart kuni Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir bo‘ldi, bir soat o‘tib esa "Maelbek" metrosida shu holat takrorlandi. Natijada 31 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 340dan ortiq kishi yaralandi.

Top