15:49 / 31.03.2016
1421

Olti mingga yaqin muhojir Gretsiya portining faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, olti mingga yaqin muhojir Gretsiyaning Pirey portiga vaqtinchalik joylashgan.

Kishilar kutish zalidagi polga solingan choyshablarda yotib tong ottirishdi. Yuzdan ortiq odam tunni tashqarida - chodir yoki ochiq osmon ostida o‘tkazishdi.

Yunon hukumati so‘nggi kunlarda 766 nafar qochqinni qayd etdi. Bir kun avval esa 192 nafar kishi kelgan edi.

Ular mamlakatning Afinadan uncha uzoq bo‘lmagan eng yirik porti - Pireyga kelishmoqda. Qochqinlarning aksariyati Lesbos orolidan kelishmoqda.

Yevropa Ittifoqining Turkiya bilan qochqinlar sonini kamaytirish haqidagi kelishuviga qaramay muhojirlar oqimi to‘xtamayapti.

Top