15:08 / 31.03.2016
2831

O‘zbekiston va Koreya Respublikalari bandlikka ko‘maklashish haqida anglashuv memorandumini imzolashdi

Shu kunlarda mamlakatimizga Koreya respublikasi Mehnat va bandlikka ko‘maklashish vaziri Li Gi Kvon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Koreya tomoni O‘zbekiston Mehnat vaziri A. Abduhakimov bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar mehnat migratsiyasi, mahorat darslari va boshqa masalalarga doir hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Top