18:06 / 31.03.2016
14624

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Multmedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi. Bu haqda “Tasvir” nashri xabar bermoqda.

Bu tizim o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini oqilona tashkil etish, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga ko‘maklashadi. Musiqa va san'at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish imkonini beradi.

Mazkur tizim — www.e-maktab.uz’dan foydalanuvchilar ellikdan ortiq parametr bo‘yicha ma'lumotlar qidirishi, ularni qisqa muddatda olishi, maktabdan tashqari ta'limga oid yangiliklardan xabardor bo‘lib borishi mumkin.

Top