21:48 / 31.03.2016
1890

Qoraqalpog‘iston Respublikasida salomatlik sektorlari faoliyati takomillashmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani “Sarabiy” ovul fuqarolar yig‘inida “Salomatlik sektorlari” faoliyatini yanada rivojlantirish masalasiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari va mas'ul xodimlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modelining samaralari, aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, “Salomatlik sektorlari”ning faoliyatini tashkil etish, patronaj ishlarini amalga oshirishda tibbiyot muassasalari va jamoat tashkilotlarining hamkorligi, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika va davolash-diagnostika chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha tahlil etildi. Erishilayotgan yutuqlar bilan birga, yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal etishda patronaj xizmati zimmasida turgan vazifalar xususida fikr almashildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Top