20:50 / 31.03.2016
1848

Rossiya oltin-valyuta zaxiralari bir hafta ichida 3,4 mlrd dollarga kamaydi

Rossiyaning xalqaro (oltin-valyuta) zaxiralari 2016 yilning 25 martiga ko‘ra, 383,5 mlrd dollarni tashkil qildi, bir hafta avval bu ko‘rsatkich 386,9 mlrd dollar bo‘lgandi, deb aytilmoqda Rossiya Markaziy banki xabarida.

Shu tariqa, zaxiralar bir hafta ichida 3,4 mlrd dollarga (0,9 foiz) kamaygan.

Rossiyaning xalqaro (oltin-valyuta) zaxiralari o‘zidan Rossiya Banki va hukumati ixtiyorida bo‘lgan yuqori likvidli xorijiy aktivlarni aks ettiradi. Zaxiralar monetar oltin, o‘zlashtirishning maxsus huquqlari, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va xorijiy valyutadagi mablag‘lardan iborat.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi mamlakat moliyaviy mustaqilligining kafolati ekanini va u zaxiralarni saqlab qolish uchun rublni ham qurbon qilishga tayyorligini aytgandi.

Top