07:02 / 31.03.2016
1779

Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarida kamchilik topildi

Yangi Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarining ba'zi egalari bosh menyu tugmasining chap tomonida joylashgan “foydalanilayotgan dasturlar sensor tugmasi” bosilmaganda ham ishlab ketish muammosiga duch kelishdi. Ko‘pchilikda bu holat telefon ekrani blokdan olingandan so‘ng kuzatilmoqda. Samsung kompaniyasida bu xatoni tan olishdi va foydalanuvchilarga shu muammoni bartaraf etuvchi 60 Mb hajmdagi patchni yuborishdi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi agarda bu muammo patch orqali hal etilmasa, zavod parametrlariga qayta o‘tish kerakligini maslahat berdi. Shu maslahatga quloq solgan foydalanuvchilar boshqa bu muammoga duch kelmaganlarini aytishdi.

Top