10:06 / 31.03.2016
1546

Sanches chililik bolalarga 2ta futbol maydoni sovg‘a qildi

"Arsenal" jamoasning chililik hujumchisi Aleksis Sanches o‘z mamlakatidagi bolalarga 2ta sun'iy qoplamali futbol maydoni sovg‘a qilgan.

The Telegraph nashrida yozilishicha, 27 yoshli futbolchi o‘zi tug‘ilgan Tokopilya shahrida xayriya tadbiri o‘tkazgan va bolalarga futbol maydonlarini tuhfa etgan.

"Odamlar ba'zida yomon yo‘llarga kirib ketishadi va giyohvand yoki piyonistaga aylanishadi. Lekin bunday bo‘lishi kerak emas. Men istaymanki, bolalar vaqtlarini maydonda futbol o‘ynash bilan o‘tkazishsin. Bunday imkoniyat mening bolaligimda bo‘lmagandi.

Yaxshi hamki Chilidan o‘z vaqtida ketganman va futbol o‘ynashni boshlaganman. Lekin bu kichkina shahar va undagi barcha bolalarda ham chetga chiqish uchun imkoniyat yo‘q.

Har safar Chiliga kelganimda men ularga yordam berish uchun harakat qilaman. Ularning yuzida tabassum ko‘rishni istayman", deydi Sanches.

Top