2016 yilning 30 mart kuni Dushanbe shahrida ShHTga a`zo davlatlarning huquqni muhofaza qilish va narkotiklar bilan bog'liq jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha Ekspertlar ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Qirg'izston, Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O'zbekiston vakillari narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda qo'shma tadbirlar o'tkazishni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda 2017-2022 yillar uchun Aksil-narkotik strategiyasi va uni bajarish bo'yicha Harakat dasturi loyihalari va boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi.