12:05 / 31.03.2016
7145

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016 yil 29 martdagi buyrug‘iga asosan Obloqulov Sherzod Soatqulovich Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Sherzod Obloqulov 1980 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U dastlabki faoliyatini Navoiy viloyati Konimex tuman prokuraturasi tergovchi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlab, 2003 yildan mazkur tumanda tergovchi, 2005 yildan Navoiy viloyat prokuraturasida bo‘lim AMIB tergovchisi, 2006 yildan Xatirchi tuman prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qildi.

Sherzod Obloqulov 2007 yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ishga o‘tib, boshqarma prokurori hamda boshqarma katta prokurori lavozimlarida ishladi. 2011 yildan Xatirchi tuman prokurori, 2013 yildan hozirgi paytgacha Jizzax viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top