20:19 / 31.03.2016
1679

Suriya funti 5 yil ichidagi minimum qiymatga tushib ketdi

Suriya funti 5 yil ichidagi mutlaq minimum qiymatga qadrsizlanib ketdi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Suriya valyutasi bir AQSh dollari uchun 530 funt qiymatida sotilmoqda. Suriya funtining navbatdagi pasayishi Rossiya Suriyadan asosiy kuchlarini olib chiqishini ma'lum qilgandan keyin boshlangandi.

Suriyada 2011 yilda fuqarolik urushi boshlanganda bir dollar bor-yo‘g‘i 47 suriya funti turgan.

Suriya bosh vaziri Vail al-Xalqiy 31 martda parlamentdagi nutqi davomida Suriya iqtisodiyoti "shafqatsiz urushning" obekti bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. U hukumat milliy valyuta kursining pasayishini to‘xtatish ustida ish olib borayotganini aytdi.

Al-Xalqiy, shuningdek, rasmiylar ko‘chalarda katta miqdordagi naqd pulga ega odamlarni ushlayotganlarini ma'lum qildi. Bu shaxslar "qora bozorda" valyuta olib-sotarligida ayblanmoqdalar.

Top