10:35 / 01.04.2016
1249

AQSh Davlat departamenti: Suriya hukumati Damashq yaqinidagi maktab va shifoxonaga hujum qildi

AQSh tomoni Suriyaning harbiy kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish hamda xalqaro huquq normalarini buzgan holatda payshanba kuni Damashq yaqinidagi Dayr al-Asafirda maktab va shifoxonani portlatgan deb hisoblaydi. Bu haqida o‘sha kunning o‘zidayoq AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbining yozma bayonotida bildirildi.

Uning ma'lum qilishicha, AQSh "31 mart kuni taxminan Asadning rejimi tomonidan amalga oshirilgan Damashq yaqinidagi Dayr al-Asafirdagi maktab va shifoxonaga yo‘llangan havo zarbalaridan" hayratda.

"Hozirgi vaqtga qadar olingan ma'lumotlarga ko‘ra "20dan ortiq kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan, ularning orasida ayollar, bolalar hamda maxsus xizmat xodimlari bo‘lgan", deb ta'kidladi AQSh vakili.

Kirbi rasmiy Vashington "tinch aholiga uyushtirilgan bunday hujumlarni qat'iy qoralaydi" deb aytgan.

"AQSh BMT shafeligida Damashqda Suriyadagi mojarolarni hal qilishga yo‘naltirilgan yangi siyosiy bosqichga o‘tishni ta'minlovchi muzokaralar olib borishda davom etmoqda, shu bilan birga tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatish tartibi va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi", deb qo‘shimcha qiladi u.

Top