16:20 / 01.04.2016
1955

Bangkok shahrida o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik muaytaychilar 11 medalni qo‘lga kiritdi

2016 yilning mart oyida Tailand poytaxti Bangkok shahrida muaytayning WMF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan XXIII jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 6 oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrat muzeyida jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Chempionatda Temur Buloqov, Sunnatilla Rashidov, Shahriyor Jo‘rayev, Javohir Hamroqulov, Akrom Sharipov, Temur Jabborov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Rustam Abdiyev, Shehroz Xolmirzayev, Sherzod Ergashev ikkinchi, Zafar Husanov va Kamoljon Odilov uchinchi o‘rinni egalladi. 

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Top