12:49 / 01.04.2016
1364

Gvardiola «Manchester Siti»ga dunyoning eng tezkor futbolchisini olib kelishni istamoqda

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Arsenal» himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda.

The Sun nashri bergan xabarga ko‘ra, Gvardiola 21 yoshli futbolchi orqali yangi jamoasining o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni bartaraf etishni istamoqda

Xabarda qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchiga uning sobiq jamoasi «Barselona» va Germaniyaning «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirishgan.

Belerinning «kanonirlar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar davom etadi. Futbolchi joriy mavsumda 29 uchrashuvda maydonga chiqqan bo‘lib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga ko‘ra, uning taxminiy transfer narxi 13 million yevroni tashkil qiladi.

Top