17:05 / 01.04.2016
4003

Internetda videotasvirni ilk marta ko‘rgan afrikalik bolalarning hayratlari tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Afrika qit'asining sharqida joylashgan Efiopiya va Keniya mamlakalarida istiqomat qiluvchi turkanlar qabilasi a'zolari bo‘lgan bolalar tasvirlangan video internetda ommalashdi.

Sayohatchi Edvard tomonidan internetga joylangan bu videoda afrikalik bolalarning videoni ilk marta ko‘rgandagi hayratlanishlari ifodalangan.

U umrida smartfon ko‘rmagan bolalarni palma yong‘oqlari berib bir joyga to‘plagan va ularning e'tiborini kameraga qaratgan. Avvaliga Edvard bolalarga telefonidagi suratlarni ko‘rsatgan va ular dong qotishgan. Keyin esa sayyoh ularga piton va timsoh ishtirokidagi videoni ko‘rsatgan va ularning bunga munosabatini tasvirga olgan.

Top