17:57 / 01.04.2016
1348

Misr olib kelingan har bir sayyoh uchun 55 dollardan to‘laydi

Misr sayyohlik vazirligi subsidiyalar hajmini kengaytirishga va ularning muddatini uzaytirishga qaror qildi. Bu avikompaniyalarni Sharm al-Shayx va Hurgadaga uchishga jalb etish yo‘lidir.

Olib kelingan har bir yo‘lovchi uchun kompaniya 55 dollar qo‘lga kiritadi, reys uchun maksimal to‘lov 3 ming dollarni tashkil etadi.

Dastlab bu dasturning yanvar oyidan aprelgacha joriy qilinishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik uni yana bir oyga cho‘zishga qaror qilishdi.

Misr bu taklif avvalambor Sharqiy Yevropa va sobiq ittifoq davlatlarini qiziqtirishiga umid bog‘lamoqda.

Top