09:42 / 01.04.2016
1150

Obama va Erdo‘g‘an o‘zaro uchrashuvda IShIDga qarshi kurashni muhokama qildilar

AQSh prezidenti Barak Obama va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh va Turkiyaning IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv Vashingtonda yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammit doirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Erdo‘g‘an hozirda AQShda safar bilan qolmoqda.

Obama AQSh fuqarolari nomidan Diyorbakirdagi terakt tufayli turk xalqiga hamdardlik bildirdi.

Sammit doirasida Obama boshqa davlatlar siyosatchilari bilan ham uchrashdi. Hammasi bo‘lib sammitga 50 dan ko‘proq davlat vakillari tashrif buyurdilar. Rossiya sammitda ishtirok etmayapti.

Turkiyaning Diyorbakir shahrida 31 martda navbatdagi terakt amalga oshirildi. Avtovokzal yaqinida qoldirilgan minalashtirilgan avtomobil uning yonidan politsiyachilarni olib ketayotgan xizmat avtobusi o‘tayotganda masofadan turib portlatilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 7 politsiyachi halok bo‘lgan, 27 kishi, jumladan 14 nafar politsiyachi va 13 nafar oddiy fuqaro jarohat olgan.

Top