20:51 / 01.04.2016
1236

Parijdagi turarjoy binosida gaz portlashi oqibatida jabrlanganlar soni 17 kishi bo‘ldi

1 aprel kuni Parij shahri markazidagi uylardan birida maishiy gaz bortlashi tufayli jarohatlanganlar soni 17 nafar ekani ma'lum qilindi. Bundan oldin bu hodisa tufayli 5 kishi jabr ko‘rgani aytilgandi.

AFP ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa Fransiya poytaxtidagi VI okrugda yuz bergan.

"Portlash ovozi uzoqlarda eshitildi. Tez orada voqea joyiga bir nechta o‘t o‘chirish mashinalari yetib keldi", deya guvohlik bergan okrugda istiqomat qiluvchilardan biri.

Qayd etilishicha, portlash ovozi tufayli aholi navbatdagi terakt ehtimolidan sarosimaga tushgani kuzatilgan. O‘t o‘chiruvchilar gap maishiy gaz portlashi haqida ketayotgani haqida ma'lum qilishgach, vahima to‘xtagan.

Top