15:15 / 01.04.2016
2739

Qoraqalpoq olimlari aralash murakkab o‘g‘itlar olish usuli taklif etishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlari aralash murakkab o‘g‘itlar olish usulini ixtiro qilishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu usul mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish, aynan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan korxonalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi glaukonit tarkibi yuqori bo‘lgan, agrokimyoviy va tovar xususiyatlari yaxshilangan aralash murakkab o‘g‘itlar olish usulini soddalashtirishdan iborat.

Hammualliflar Bauatdinov Sali, Aimbetov Nagmet, Tadjiyev Sayfuddin, Erkayev Aktam, Reymov Axmed, Bauatdinov Tashkenbay va Allambergenova Raziyaga mazkur usul uchun patent berildi.

Top