10:49 / 01.04.2016
6338

Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.

Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Qarorda Komissiya a'zolari senatorlar orasidan ularning vakolatlari muddatiga respublikaning barcha mintaqalaridan vakil bo‘lgan o‘n besh kishilik tarkibda Senat tomonidan saylanishi belgilangan.

Shu munosabat bilan batafsil va har tomonlama muhokamadan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibini tuzdilar va tasdiqladilar.

Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, shuningdek, qonun ustvorligini va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, prokuratura organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini har tomonlama o‘rganish va umumlashtirish, prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini hamda ularning ishlash usullarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish bo‘yicha prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan funksiyalarning samarali bajarilishi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish vazifalari Komissiya zimmasiga yuklatildi.

Top