10:26 / 01.04.2016
1253

Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketa uchirdi

KXDR harbiylari Yapon dengizi tomon yana raketa uchirgan. Yonhap agentligining janubiy koreyalik harbiy ekspertlarga tayangan holda ma'lum qilishicha, u ballistik raketa bo‘lishi mumkin

Harbiylar, mamlakat shimoli-sharqidan Yapon dengizi tomon uchgan snaryad trayektoriyasini tahlil qilishmoqda.

Bundan avval, Seul tomoni KXDR GPS navigatsiya tizimi ishlashiga xalaqit berayotganini bildirgan edi.

Pxenyanning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari keskinlashuviga, shu yilning yanvar oyidagi yadro sinovlari hamda fevraldagi raketa uchirishlari sabab bo‘ldi. Mart oyi boshida BMT xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi yangi jazo choralari ro‘yxatini bir ovozdan ma'qullagan edi. 

Shundan so‘ng AQSh va YeI ham sanksiyalarini kengaytirgan.

Top