14:29 / 01.04.2016
1386

Tojikistonda yirik qo‘poruvchilik harakati oldi olindi

Tojikiston huquq tartibot idoralari tomonidan, mamlakat hududida yirik qo‘poruvchilik harakatini rejalashtirayotgan IShID tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olingan. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vazirligi axborotiga tayangan holda TASS xabar qildi.

"Mamlakatning ikki fuqarosi Shamsiddin Fatxiddinov va Samoviddin Saymuddinov Suriyadagi jangovar harakatlarda IShID tomonida jang qilib qaytishgan edi. Ular Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati ma'muriy markazi Qo‘rg‘ontepa shahri ichki ishlar boshqarmasi binosini portlatmoqchi bo‘lgan", - deyiladi IIV matbuot xizmati bayonnomasida.

Ularning ikkisi ham jinoyatni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayblanuvchilar, IShIDdagi rahnamolari ko‘rsatmasiga ko‘ra vatanlariga qaytishgan. Ular Qo‘rg‘ontepadan boshqa joylarda ham qo‘poruvchilik ishlarini sodir etishlari lozim bo‘lgan.

Tojikiston maxsus xizmatlari xabarlariga qaraganda, Suriya va Iroqdagi IShID jangarilari safida mingdan ortiq tojikistonlik bor.

Top