00:46 / 01.04.2016
1730

Xitoyda dafn marosimlari byurosi marhumlarning yotishmayotgan bo‘laklarini 3D-printerda bosa boshladi

Xitoyning Shanxay shahridagi Longhua Funeral Parlour dafn marosimlarini o‘tkazish byurosi marhumlarning yetishmayotgan yoki mayib bo‘lgan bo‘laklarini 3D-printerda bosa boshladi. Bu haqda CRIEnglish portali ma'lum qildi.

Byuro shu usul bilan tananing kerakli qismlari bilan 95 foiz o‘xshashlikka erishmoqda. Printer berilgan o‘lchamdagi obektlar va shakllarni plastikning ko‘plab qatlamlarini bir-birini ustiga qo‘yish bilan yaratadi. Bosish 3D-model, elektron tashuvchi yoki ikki o‘lchamli tasvirdan amalga oshirilishi mumkin. Bunda, misol uchun, marhumning yuzini tiklash 600-780 dollar turishi mumkin.

"Marhumning qarindoshlariga o‘z yaqinlarining mayib bo‘lgan yuzlarini ko‘rish ayanchlidir, ularni har doim ham grimlab bo‘lmaydi", deb bu yechimga izoh berdi Shanxay dafn etish markazi vakili Lyu Fenmin.

Fevralda Garvard va boshqa universitetlar anatomlari va radiologlari geldan 3D-printerda insonning embrional rivojlanishi bosqichidagi (taxminan 22-haftalik homilaning), burmalar hosil bo‘lishidan avvalgi miyasi modelini chop etdilar.

Top