14:17 / 01.04.2016
1287

Yurgen Klopp: Dortmundda iliq kutib olishlari shart emas

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundga qaytishi kutilayotgan uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Meni iliq kutib olishlari shart emas. Men va boshqalar shundoq ham bizning munosabatlarimiz qay darajada ekanini yaxshi bilishadi.

Men haqimdagi xotiralar hozirgiga nisbatan yaxshiroq bo‘lishini istamayman.

«Borussiya» muxlislari meni nomimni aytib norozilik bildirishsa, bunga e'tibor beraman, deb o‘ylamayman. Men shunchaki stadion ovozi va uning atmosferasini yaxshi ko‘raman», – deya gapirgan Klopp Sport1 telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ligasining 1/4 final doirasidagi «Liverpul» va «Borussiya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Top